Rossiya 15-iyuldan boshlab chegarani kesib oʻtishdagi cheklovlarni bekor qiladi

23:32 05 Iyul 2022 Dunyo
1031 0

Arxiv surat

Ushbu cheklovlar 2020-yilning mart oyida joriy qilingan edi. Iyun oyi oʻrtalarida chet elliklarning dengiz yoki havo orqali kirishiga qoʻyilgan cheklovlar olib tashlanganidan soʻng, Rossiyada quruqlik transporti orqali kirish cheklangan, quruqlik chegaralari orqali chiqish taqiqi saqlanib qolgan edi.

Joriy yilning 15-iyulidan boshlab Rossiyada koronavirus sabab chegaradan oʻtishga qoʻyilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi, deya xabar bermoqda “TASS” tezkor shtabga tayanib.

Tezkor shtab, shuningdek, Belarus fuqarolari uchun Rossiyaga kelganida koronavirus uchun PZR testi natijalarini taqdim etish talabi bekor qilinganligini eʼlon qildi. Mart oyida mamlakat harakatiga qoʻyilgan oʻzaro cheklovlar bekor qilindi.

14-iyundan boshlab Rossiyaga samolyot yoki dengiz oʻtkazish punktlari orqali kelgan xorijliklarning Rossiyaga kirishiga qoʻyilgan cheklovlar olib tashlandi. Biroq quruqlik orqali transportda kirishga qoʻyilgan cheklovlar saqlanib qoldi.

Joriy yilning 1-iyul kuni Rossiya bosh sanitar shifokori Anna Popova koronavirus tarqalishining oldini olish choralarini bekor qilish, shu jumladan niqob rejimi va tungi ovqatlanishga qoʻyilgan taqiqlarni bekor toʻgʻrisidagi hujjatni imzoladi. U ertasi kuni kuchga kirdi. Bu soʻnggi toʻrt oy davomida kasallanishning barqaror pasayishi bilan bogʻliq va epidemiologik vaziyat yomonlashsa, cheklovlarni qayta joriy etiladi.

Hukumat matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, hujjat mamlakatdan quruqlik chegaralari orqali chiqib ketish cheklovlariga taalluqli emas va bunday qarorlar qabul qilingan taqdirda qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi.

Kremlda esa kuchaytirilgan ehtiyot rejimi va niqob taqish majburiyligi saqlanib qolmoqda.

Rossiyada pandemiya boshlanganidan beri 18,4 million kishi koronavirus bilan kasallangan, 380 mingdan ortiq kishi vafot etgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер