Ronaldu jahon chempionatlaridagi gollari soni boʻyicha Maradonaga yetib oldi

00:10 25 Noyabr 2022 Sport
711 0

Foto: Reuters

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qatarda boʻlib oʻtadigan JCH-2022 guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Ganaga qarshi oʻyinda gol urdi.

37 yoshli hujumchi penaltini golga aylantirdi va jamoasining 3:2 hisobidagi gʻalabasiga yordam berdi.

Ushbu aniq zarbasi bilan Ronaldu beshta jahon chempionatida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. Bungacha u 2006, 2010, 2014 va 2018-yilgi jahon chempionatlarida raqiblar darvozasiga gol kiritgan edi.

Shu tariqa u jahon chempionatlaridagi gollar soni boʻyicha Ronaldu argentinalik Diyego Maradona, germaniyalik Rudi Fyuller va braziliyalik Rivaldoga yetib oldi.

Jahon chempionatlarida gol kiritish boʻyicha rekord Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchi Miroslav Klozega tegishli. Uning hisobida mundiallarda kiritilgan 16 ta gol bor. Ronalduda bu koʻrsatkich 8 tani tashkil etmoqda.

Ronaldu beshinchi marta jahon chempionatlarida qatnashayotgan kam sonli futbolchilardan biri. Xuddi shunday koʻrsatkichga meksikalik Rafael Markes, Antonio Karbaxal, germaniyalik Lotar Matteus va argentinalik Lionel Messiga ega. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?