Ronaldu «Manchester Yunayted» bilan shartnomani bekor qilganini maʼlum qildi

23:13 22 Noyabr 2022 Sport
756 0

Foto: Reuters

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini bekor qildi. 

Bugun, 22-noyabr kuni «Manchester Yunayted» matbuot xizmati tomonlar oʻzaro kelishuvga erishgani va hamkorlikni toʻxtatgani haqida xabar berdi.

«Manchester Yunayted» bilan muzokaralardan soʻng shartnomamni bekor qilish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishdik. Men «Manchester Yunayted»ni va hech qachon oʻzgarmas muxlislarni yaxshi koʻraman. Yangi ishni izlash vaqti keldi shekilli. «Manchester Yunayted»ga omad tilayman», deya Ronalduning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?