Ronaldu kam oylik evaziga ham “Manchester Yunayted”ga qaytishga rozi
Italiyaning “Yuventus” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliyaning “Manchester Yunayted”ga oʻtish uchun oylik maoshini kamaytirishga ham rozi. Bu haqda “Football Italia” nashri yozmoqda.
Futbolchining “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yozida nihoyasiga yetadi. Ammo Ronaldu shu yilning yozida ketish haqida oʻylamoqda. Ayni paytda u “Yuventus”da yiliga 31 million yevro ishlab topmoqda.
Nashrning yozishicha, futbolchi kamida 20 million yevro toʻlanadigan boʻlsa ham “Manchester Yunayted”ga oʻtishga rozi. Ingliz klubi allaqachon futbolchining agenti Jorje Mendes bilan bogʻlanib, transfer shartlarini muhokama qilgan.
Ronaldu 2003-yildan 2009-yilgacha “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. Klub tarkibida u uch marta Angliya chempionligini, mamlakat Kubogini va Superkubogini qoʻlga kiritgan. Ikki bor Liga kubogida zafar quchgan. Shuningdek, Chempionlar ligasi va klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib boʻlgan.
Ronaldu 2018-yilda Ispaniyaning “Real Madrid” klubidan “Yuventus”ga oʻtgan edi. Jamoa tarkibida u Italiyaning ikki karra chempioniga aylandi. Ushbu mavsumda portugaliyalik hujumchi Italiya chempionatining 28 uchrashuvida qatnashdi. Uning hisobida 25ta gol va uchta golli uzatma bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring