Rishton tumanida pistachilik tarmogʻi Turkiya tajribasi asosida rivojlantiriladi

22:09 28 Iyun 2022 Jamiyat
324 0

Foto: Xalq so‘zi

Avval xabar berilganidek, Fargʻona viloyatining Rishton tumani hokimligi tashabbusi bilan bir guruh tadbirkorlardan iborat delegatsiya toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik aloqalari oʻrnatish maqsadida Turkiyada boʻldi.

Tashrif doirasida Turkiyaning Gaziantep shahrida joylashgan  "Antepfıstığı Araştırma Enstitüsü Müdürlüğü" pistachilik instituti bilan Rishton tumanidagi ”Gold gardens avitssena" korxonasi oʻrtasida tashkil etilgan pistachilik plantatsiyalarini kengaytirish va shu orqali tarmoqni rivojlantirish borasida kelishuvga erishildi.

Oʻzaro kelishuvga koʻra, joriy yilning sentyabr oyida Turkiyaning pistachilik instituti olimlari Rishton tumaniga kelishi rejalashtirildi.

— Turkiyadagi institutning ilmiy-tajriba xoʻjaliklarida boʻlib, pistachilik boʻyicha amaliy bilim va koʻnikmalarimizni oshirdik, — deydi Rishton tumanidagi «Gold gardens avitssena» korxonasi rahbari Qodirjon Qosimov. — Endilikda Turkiyada yetishtiriladigan serhosil va eksportbop pista koʻchatlarini oʻzaro hamkorlikda yurtimiz iqlimi sharoitiga moslashtirish ishlarini olib boramiz.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер