Rishton tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻining  jurnalist va blogerlarni haqorat qilib, ularga bosim oʻtkazgani haqida tarqalgan audioxabar nazoratga olindi 

19:04 10 Sentyabr 2021 Jamiyat
520 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Rishton tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi U. Mamadaliyevning jurnalist va blogerlarni haqorat qilib, ularga bosim oʻtkazgani haqida audioxabar tarqaldi.

Mazkur holat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda audioxabarda keltirilgan maʼlumotlar yuzasidan atroflicha oʻrganish ishlari olib borilmoqda va ushbu holat nima sababdan yuz bergani aniqlashtirilib, shunga koʻra tegishli choralar koʻrilishi taʼminlanadi. Oʻrganishlar natijalari haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi jurnalistlar va blogerlarning professional faoliyatiga toʻsqinlik qiladigan har qanday holatlarni keskin qoralaydi.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?