Rio-de-Janeyro Tokio-2020 eshiklarini ochadi

28-avgust kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida pnevmatik qurollardan oʻq otish boʻyicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi start oladi. 3-sentyabrgacha davom etadigan Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Hamyurtlarimiz ayni paytda Rioga yetib kelishdi va tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini olib borishmoqda. Taʼkidlash joiz, mazkur bellashuvlarni kuzatib borish va vakillarimizni qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi rahbari Oybek Norinboyev ham Braziliyaga tashrif buyurgan. Hamyurtlarimiz musobaqada 10 metr masofadan pnevmatik miltiq va toʻpponchadan, shuningdek, 50 metrdan 3 xil holatda oʻq otish yoʻnalishlarida ishtirok etadilar. Terma jamoamiz tarkibi quyidagicha:
Azizjon Muhammadrahimov
Margarita Orlova
Caidxon Sayfuddinov
Vladimir Svechnikov
Vadim Skorovarov
Muxtasar Tohirova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring