Respublikaning tanlangan 56 ta mahallasida “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida qator ishlar amalga oshirilmoqda

11:40 28 Sentyabr 2023 Jamiyat
309 0

Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, vazirlik va idoralar, viloyat va tuman hokimliklari hamkorligida tuzilgan Ishchi guruh har bir hududdan tangangan 4 ta tumanda xonadonma-xonadon yurib, xalq bilan muloqot qilmoqda.

“Obod xonadon” doirasida 56 ta mahalladagi 40 667 ta xonadonda xatlov oʻtkazildi. Maʼnaviy-maʼrifiy, sport yoʻnalishida mahallalarda 3 902 ta turli tadbirlar tashkil etildi.

Aholi muammolarini hal qilish boʻyicha esa salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, mahallalarda 1 204 nafar aholining bandligini taʼminlash choralari koʻrildi. 35 nafar fuqaroning pasport bilan bogʻliq muammosi hal etildi, 2 nafar bolaning toʻgʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi hamda 3 ta oilaga nikoh guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

Shuningdek, 30 ta xonadonning kadastr bilan bogʻliq muammosi hal etildi.
39 567 nafar fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Koʻrik natijasiga koʻra, ularning 370 nafariga davolanish uchun order berildi va shifoxonaga joylashtirildi. 22 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi va 16 nafar fuqaroga protez-ortopediya vositalari berildi.

Bulardan tashqari, 105 nafar fuqaroga 1 mlrd. 924 mln.soʻm kredit olishiga koʻmaklashildi. 92 nafar fuqaroga 610 mln.soʻmlik subsidiya olishiga koʻmaklashildi. 47 nafar fuqaroga tikuv mashinasi hamda 27 nafariga asbob uskunalar va mehnat qurollari olib berildi.

Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi 331 nafar fuqarolarga 439 mln.soʻmlik turli yordamlar koʻrsatildi.

Qolaversa, 133 ta uy-joyi taʼmirga muhtoj, oʻta ogʻir sharoitda yashayotgan fuqarolarning turar joylari joriy va kapital taʼmirlab berildi.

Mahallalardagi koʻchalar va xonadonlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?