Respublikamizning 9 ta viloyatidagi aholi xonadonlariga “aqlli” gaz hisoblagich oʻrnatib boʻlindi — Energetika vazirligi

19:45 19 Sentyabr 2022 Iqtisodiyot
661 0

Prezidentimizning 2020-yil 24-sentabrdagi 4840-sonli qaroriga asosan, respublika aholi isteʼmolchilariga tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, respublika boʻyicha 3,5 million dona “aqlli” gaz hisoblagichlar oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 3,3 million dona yoki 93 foiz hisoblagich oʻrnatildi.

Shu bilan birga, 9 ta viloyatda — Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari aholi isteʼmolchilariga 100 foiz “aqlli” gaz hisoblagich oʻrnatib boʻlindi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Samarqand viloyatida 97 foiz, Buxoro viloyatida 99 foiz, Navoiy viloyatida 88 foiz va Toshkent shahrida 41 foiz zamonaviy gaz hisoblagichlar oʻrnatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?