Respublikada 22 ta bogʻcha, 31 ta maktab, 16 ta oliy taʼlim muassasalari quriladi

“2021–2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–4936-son, 28.12.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qaror bilan 2021-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari va 2022-2023-yillar uchun maqsadli moʻljallar tasdiqlandi.
Shunga koʻra, belgilangan yillarda respublikada, jumladan:
➖ 22 ta bogʻcha (jami 2 970 oʻringa ega), 31 ta umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar (jami 13 934 oʻquv oʻrniga ega), 16 ta OTM (jami 9 300 oʻquv oʻrniga ega) yangi quriladi;
➖ jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash boʻyicha jami 55 ta loyiha (shundan 23 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;
➖ 11 ta madaniyat va sanʼat obyektlari yangidan qurilib, 7 tasi rekonstruksiya qilinadi;
➖ sogʻliqni saqlash obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha jami 131 ta loyiha (shundan 24 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;
Shuningdek, ilm-fan va innovatsion obyektlarni rivojlantirish boʻyicha 14 ta loyiha amalga oshiriladi.
Xususan, 2021-2022-yillarda Toshkent shahrida Xalqaro molekulyar allergologiya markazini qurish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, temir yoʻl va metropoliten yoʻlini rivojlantirish choralari ham koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring