Respublika tez tibbiy yordam markaziga yangi direktor tayinlandi

17:05 25 Iyul 2022 Jamiyat
671 0

Foto: SSV matbuot xizmati

Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Gʻafurov Abduvoitjon Huseynovich Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

41 yoshli A.Gʻafurov iqtisodchi va dasturchi-muhandis mutaxassisligiga ega.

U oʻz faoliyati davomida qator xususiy sektor korxonalarida texnik, ijrochi va bosh direktor kabi rahbarlik lavozimlarida ish olib borgan.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentimizning shu yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori asosida tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxoʻjaliklar negizida Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tashkil qilingan edi.

A.Gʻafurov rahbar etib tayinlangan mazkur tuzilma sogʻliqni saqlash sohasida tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi sifatida faoliyat yuritadi.

Shuningdek, yuqoridagi qarorda tuzilmaga mamlakat boʻylab tez tibbiy yordam boʻyicha yagona elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va yagona “Call-markaz»lar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar bilan, tez tibbiy yordam brigadalarini planshetlar bilan toʻliq taʼminlash, qisqasi, IT-texnologiyalardan samarali foydalangan holda tizimni unikal koʻrinishga keltirish boʻyicha vazifalar yuklatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?