Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ilk bor ochiq yurakda murakkab kardioxirurgik operatsiyalar oʻtkazildi

Tahlillarga koʻra, jahonda yuz berayotgan oʻlim holatlarining qariyb 60 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqmoqda.
Shu sababli Oʻzbekistonda ham mazkur yoʻnalishda eng ilgʻor innovatsion texnologiyalar, tashxislash va muolaja usullarini joriy etishga katta eʼtibor qaratilyapti. Bunday murakkab amaliyotlar viloyat miqyosidagi tibbiyot muassasalarida ham bajarilayotgani, ayniqsa, quvonarli.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali ana shunday muassasalardan. Bu yerda ilk bor ochiq yurakda murakkab kardioxirurgik operatsiyalar bajarish yoʻlga qoʻyildi.
Kuni kecha muassasada tajribali yurak-qon tomir jarrohi Mustafo Obeyd boshchiligidagi bir guruh yetakchi mutaxassislar ishtirokida ochiq yurakda aorta-koronar shuntlash, mitral va aortal klapanlarni almashtirish operatsiyalari amalga oshirildi.
Taʼkidlash lozimki, filialda kadrlar salohiyatini oshirish, jahondagi ilgʻor davolash-diagnostika usullari,kam invaziv muolaja turlarini amaliyotga joriy qilishga alohida eʼtibor berilmoqda.
Mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan kardioxirurgiya va angiografiya xizmatini Buxoro viloyatida keng tatbiq etish uchun zamon talablariga mos “Angioxirurgiya” binosi qad koʻtarmoqda.
Qolaversa, filial mutaxassislari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Rossiyaning A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi markazi, Hindistonning “Jaypee” klinikasi, Turkiyaning Bashkent universiteti gospitalia, Ozarbayjonning “Almaz akademy” oʻquv markazida malaka oshirib kelmoqda.
Bu ishlar esa, albatta, muassasada bajarilayotgan yuqori texnologik amaliyotlar sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring