Respublika ishchi guruhining Xoʻjaylidagi faoliyati davom etmoqda

17:47 03 Yanvar 2023 Jamiyat
1194 0

Yangi yilning ilk kunlaridanoq davlatimiz rahbari topshirigʻiga muvofiq tuzilgan Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Xoʻjayli tumanida yana davom ettirmoqda.

Oʻrganishlar davomida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha sektorlar va mahallalar kesimida “xonadonbay” ish olib borilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan bugungi qadar 26 ta mahalladagi 24 894 ta xonadon oʻrganildi. Uyma-uy yurish davomida 3 129 ta muammolar aniqlanib, 2 057 tasi joyida hal etildi, 1 072 ta masala boʻyicha ishlar nazoratga olindi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davomida alohida eʼtibor ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ogʻir ahvolda qolayotgan aholi qatlamiga qaratildi hamda ularga amaliy koʻmak berish pirovard maqsad deb belgilandi.

Jumladan, 180 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 136 nafar fuqaro kasb-hunarga qayta tayyorlashga yoʻnaltirildi, 60 nafar fuqaro oʻzini-oʻzi band qilindi, 27 nafar fuqoralarga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

Xoʻjayli kasb-hunar maktabida “Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi” tashkil etilib, 400 dan ortiq ishsiz fuqarolar ishtiroki taʼminlandi, ularning 156 nafariga doimiy ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi, 37 nafari kasb-hunarga oʻqishga yoʻnaltirildi, 24 nafar fuqaroga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi asosida ishga tavsiyalar berildi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 110 nafar fuqarolarga 770 mln. soʻm subsidiya mablagʻlariga asbob-uskuna va mehnat qurollari olib berildi. Tijorat banklari tomonidan 8,8 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tumanda mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, 169 ta loyihaga 1,7 mlrd. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari uchun tavsiyanomalar berildi.

“Temir daftar”ga kiritilgan, ehtiyojmand 28 ta oilalarga koʻmaklashish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan 29,1 mln. soʻm bir martalik moddiy yordamlar koʻrsatildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan “Amudaryo” mahallasida yashovchi M.Nurimbetov, “Mustaqillik” OFYda yashovchi S.Karyardiyeva, “Shagʻalakol” MFYda yashovchi L.Nurmuxanovalarning uy-joylari taʼmirlab berildi. Bundan tashqari M.Ametovaning uyiga yangidan isitish tizimi oʻrnatib berildi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan 139 nafar xotin-qizlarga 83,4 mln.soʻm miqdarida moddiy yordamlar koʻrsatildi, 48 nafar xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ga kiritish boʻyicha tavsiyalar berildi.

9 nafar ogʻir turmush sharotida yashovchi ayollarning uy-joylari taʼmirlandi (100 mln. soʻm) , 12 nafar qizlarning 79,7 mln.soʻm toʻlov kontraktlari toʻlab berildi, 4 nafar uy-joyga muhtoj ayollar tuman Ijtimoiy shaharchasidagi uylarga joylashtirildi.

“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan 87 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga 162,5 mln. soʻm yordam berildi. Jumladan, 22 nafar yoshlarga 72,1 mln. soʻm toʻlov-kontraktlari toʻlab berildi.

Ishlar davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?