Respublika boʻylab davlat xizmatchilari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda

12:00 07 Fevral 2023 Jamiyat
371 0

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda.

Ularning salomatligi — samarali faoliyati uchun asosdir!

Ularga salomatligi toʻgʻrisidagi xulosalar, baʼzi holatlarda esa chuqurlashtirilgan koʻrik uchun yoʻllanmalar berilmoqda.

Muhimi, davlat xizmatida ishlayotgan va koʻp hollarda oʻz salomatligi uchun vaqt topa olmayotgan xizmatchilar ushbu imkoniyatdan mamnun boʻlishmoqda. Yanada muhimi, endilikda ulardagi baʼzi kasalliklarning barvaqt oldi olinishiga ham erishiladi.

Xizmatchilar salomatligini koʻrikdan oʻtkazish jarayonlari joriy yilning 20-fevraliga qadar davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat koʻrsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?