Respublika boʻyicha 1278 ta sudyaning 174 nafari ayol sudya, ularning 26 nafari rahbar sudya lavozimida ishlashadi

19:14 17 Avgust 2022 Jamiyat
348 0

Foto: Illustrativ foto

AOKAda Sudyalar oliy kengashi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida “Sudyalar korpusini shakllantirish: ochiqlik, shaffoflik va natijalar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbirda maʼlum qilinishicha, 2022-yilning yarim yilligida 185 nafar sudya ochiq va oshkora oʻtkazilgan tanlovlar natijasida tayinlangan.

Tayinlanganlar muhokama etilgan nomzodlarning 62,5 foizi boʻlib, ularning 7 nafari sudyalik lavozimida boʻlishning 5 yillik, 66 nafari 10 yillik, 1 nafari muddatsiz davrga tayinlangan boʻlsa, 11 nafari vakolati muddatiga qayta tayinlangan.

2022-yil yarim yilligida Sudyalar oliy kengashi tomonidan jami 41 nafar sudyaning vakolati muddati ilgari tugatilgan. Shundan oʻz arizasiga asosan lavozimidan ozod etilgan sudyalar soni 21 nafar, arizasi hamda odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganligi uchun 12 nafar, odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganligi, sud ishini tashkil etishda beparvolik va intizomsizlikka yoʻl qoʻygani uchun 1 nafar, qasamyodni buzganligi sababli 3 nafarni tashkil qiladi. Bundan tashqari 227 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер