Rekord! Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni keskin oshdi 

15:34 11 Aprel 2021 Jamiyat
999 0

10-aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 40359 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 148 642 nafarga yetdi.

10-aprel kunidagi emlash koʻrsatkichlari boʻyicha Fargʻona viloyatida rekord qayd etilib, bir kunning oʻzida 10 ming nafardan ortiq fuqaro (10868 nafar) emlandi.

Eʼtiborli jihati shuki, Namangan va Fargʻona viloyatlarida koronavirusga qarshi emlangan jami aholi 15 ming nafardan oshib, 20 ming nafarga yaqinlashdi.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?