Rekombinant eng toza vaksina — Mutaxassis

21:03 23 Iyul 2021 Jamiyat
539 0

ASTROZENECA va SPUTNIK kabi vektorli vaksinalar rekombinant vaksinalardan nimasi bilan farqlanadi? Nega rekombinant vaksinalar samarasi pastroq, deb hisoblanadi? Ushbu savolga mutasaddilar javob berdi.

«Agar nojoʻya taʼsirlari borasida baholaydigan boʻlsak, rekombinant eng samarali vaksina hisoblanadi, chunki unda nojoʻya taʼsir koʻrsatuvchi vektor mavjud emas.

Boshqa vaksinalar bilan taqqoslaganda texnologiyasiga koʻra rekombinant eng toza vaksina», dedi Respublika Virusologiya ITI direktori Erkin Musabayev.

«Rekombinant vaksinalar eng samarali vaksina hisoblanadi. Chunki rekombinantlar oqsil olishning zamonaviy texnologiyasi boʻlib, boshqa vaksinalardan, jumladan, ASTROZENECA va SPUTNIK dan farqli oʻlaroq, ularda virus tanachalaridan foydalanilmaydi. Ushbu vaksinada sintezlangan oqsildan foydalaniladi va u organizmga yuborilganda javoban antitanachalar ishlab chiqariladi», dedi Ilgʻor texnologiyalar markazi biotexnologiya laboratoriya mudiri Dilbar Dalimova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?