Reyd: brakonyerlar noqonuniy ov qurollarini tashlab qochishdi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Milliy gvardiyasi xodimlari tomonidan Surxondaryo daryosida nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabariga koʻra, ushbu reyd tadbiri joriy yilning 16-aprel kunidan 31-may kuniga qadar baliqlarning urugʻ qoʻyish mavsumi etib belgilanganligi va Surxondaryosining suvi keskin pasayishi oqibatida fuqarolar va brakonyerlar tomonidan taqiqlangan ov qurollari bilan ov qilish holatlarining oldini olish ishlari olib borildi.
Oʻtkazilgan reyd tadbiri davomida brakonyerlar tomonidan tashlab qochilgan noqonuniy ov qurollari qonuniy toʻxtamga kelgunga qadar vaqtinchalik boshqarmaning omborxonasiga joylashtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring