Referendum oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolariga ayrim xarajatlar uchun kompensatsiya toʻlanadi

07:41 17 Iyun 2022 Jamiyat
236 0

Foto: Illustrativ foto

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-779-son, 16.06.2022-y.) bilan bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritildi.

“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan ham kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egaligi belgilandi.

Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida okrug komissiyalariga referendum oʻtkazilishiga kechi bilan 10 kun qolganida maʼlum qiladi (ilgari 15 kun edi).

Shuningdek, kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasini kamida 3 kun oldin xabardor qilishi kerak. 

Siyosiy partiyalarning aʼzolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.

Referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning aʼzolariga referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasida koʻrsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida kompensatsiya toʻlanadi.

Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi belgilandi.

Qonun bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov okrugining hududi boshqa maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazilganda yoki uning hududida yangi maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi.

Shuningdek, Saylov kodeksiga “Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi” hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunga “Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari hal etilayotganda saylov okruglarining chegaralarini oʻzgartirish” moddalari kiritildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер