“Real Madrid” futbol akademiyasi foydalanishga topshirildi

09:03 07 Oktyabr 2021 Sport
921 0

Bekobodda ochilgan ushbu "Real Madrid” futbol akademiyasi barcha shart-sharoitlarga ega.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga koʻra, akademiya oʻquv boʻlimi, yotoqxona va zamonaviy oshxonaga ega. Bu yerda 11 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan yettita yosh toifalaridagi guruhlarda yoshlar taʼlim oladi.

Ushbu muassasada oʻquv-mashgʻulot jarayonlari “Real Madrid” futbol klubi anʼanalariga mos ravishda olib boriladi.

Mashgʻulotlar uchun tabiiy va sunʼiy futbol maydonlari, fitnes mashgʻulotlari uchun moʻljallangan inshootlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?