Rajab Oʻzturk: Oʻzbekistonda COVID-19ga qarshi koʻrilayotgan kurash jahon tajribasi asosida olib borilmoqda

Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash va oʻzaro tajriba almashish maqsadida Turkiyadan bir guruh malakali shifokorlar kelgani xabar berilgan edi.
Turkiyalik shifokorlar ayni paytda mamlakatimizda COVID-19 infeksiyasi bilan bogʻliq holatni oʻrganmoqda. “Oʻzbekiston-24” telekanali muxbiri Turkiya Sogʻliqni saqlash vazirligi ilmiy kengashi aʼzosi, professor Rajab Oʻzturk bilan Oʻzbekistonda pandemiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
— Oʻzbekistonda COVID-19ga qarshi kurash boʻyicha koʻrilayotgan kurash tadbirlari bilan yaqindan tanishib, ishlar jahon standartlari asosida olib borilayotganiga ishonch hosil qildim. Mamlakatingizdagi «Oʻzekspomarkaz» milliy koʻrgazmalar majmuasida boʻlib, bu yerda bemorlarga tez tibbiy yordam koʻrsatilayotganiga guvoh boʻldim. Bunday markazlarning mamlakat boʻylab ochilishi haqidagi xabarlar bizni ham xursand qildi.
Joylarga borib oilaviy va koʻp tarmoqli poliklinikalar faoliyati bilan ham tanishdik, tez tibbiy yordam xizmatlari ishini koʻrdik. Zangiota tumanida toʻrt ming bemorni qabul qilishga moʻljallangan zamonaviy shifoxona imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdik. Bu turdagi shifoxonalar yurtingiz boʻylab tashkil etilayotgani haqida bizga maʼlumot berishdi. Qayd etish joiz, pandemiya sharoitida bu kabi shifo maskanlari muhim ahamiyatga ega.
Shifoxonalarda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun maxsus boʻlimlar tashkil etilgan va koronavirusga chalinganlar toifalarga ajratilgan holda davolanmoqda.
Oʻzbekistonda bemorlarga xalqaro tajribadan foydalanib, muolajalar buyurilmoqda. Biz ham bilim va tajribamiz bilan oʻrtoqlashish, oʻzbekistonlik hamkasblarimizning oʻziga xos ish usullarini oʻrganish uchun keldik.
Oʻz navbatida, fuqarolar hukumat koʻrayotgan chora-tadbirlarga qatʼiy amal qilishi kerak. Bunda har bir jihat va oddiy koʻringan masala ham muhim ahamiyatga ega. Barcha karantin qoidalariga rioya qilsa, davlat tomonidan keskin choralar koʻrishga zarurat qolmaydi va virusni nazorat qilishga imkon tugʻiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring