Ravshan Ermatov yangi lavozimga saylandi
Bugun, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasida navbatdan tashqari saylov yigʻilishi oʻtkazildi. Kun tartibidagi asosiy masala Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidentligiga yangi nomzod saylashdan iborat edi.
Yigʻilishda Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyati, sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiya xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidentligiga Irmatov Ravshan Sayfuddinovich nomzodi ilgari surildi. Kengash aʼzolari tomonidan R.Irmatov nomzodi bir ovozdan maʼqullandi va saylandi.
Eslatib oʻtamiz, Ravshan Ermatov shu kunga qadar bir vaqtning oʻzida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring