Ravon Rossiyada narxlarini tushirdi

10:54 04 Dekabr 2019 Dunyo
1087 0

Ravon brendi yangi yil bayrami oldidan Rossiyada oʻz avtomobillari narxini tushirdi. Bu haqida kompaniya rasmiy sahifasida xabar qilingan.

Xususan, Ravon R2 – 646 000 rubldan 586 000 rublga, Ravon Nexia R3 – 670 000 rubldan 550 000 rublga, Ravon R4 – 678 000 rubldan 603 000 rublga tushirilgan.

Eng katta chegirma Ravon Nexia R3 avtomobiliga berilgan boʻlib, u 120 000 rublni tashkil qiladi. Ravon R4 – avtomobili chegirmasi 75 000 rublni, Ravon R2 - 60 000 rublni tashkil qilgan.

Maʼlumot uchun, Rossiya avtomobil bozorida joriy yilda ishlab chiqarilgan avtomobillarni yil yakuniga qadar sotib yuborish uchun deyarli barcha brendlar yangi yil arafasida chegirma eʼlon qilishadi.

Ravon uzoq vaqt faoliyati toʻxtatilganidan soʻng Rossiya bozoriga 2019-yilning avgust oyida kirib kelgan edi. Bugungi kunda Ravon Rossiya avtomobil bozorida Hyundai va Kia hamda Lada brendlari bilan raqobat qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?