Rasmiy statistikaga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus kamaymoqda. Yana bir toʻlqin ortda qoldimi? — mutaxassis javob berdi

15:16 06 Sentyabr 2021 Jamiyat
737 0

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob qaytardi.

«Darhaqiqat, 1-sentyabrdan hozirgi kunga qadar rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra yangi kasallanganlar soni 650 va undan pastroq boʻlmoqda. Lekin bu raqam hali yuqori, kasallik toʻlqini ortda qoldi, deb xulosa chiqarish uchun hali vaqt bor.

Kasallikning yashirin davri 2 kundan 14 kungacha, yaʼni inson organizmiga tushgan virus 2 kundan keyin yoki 10 uzogʻi 14 kungacha ham kasallik alomatini keltirib chiqarishi mumkin, kasallikni keltirib chiqarish muddatini oʻrtacha olganda 5-7 kunga toʻgʻri kelmoqda. Yana 10-14 kunda yangi kasallanishni aniqlanishini oʻsishi yoki tushishini dinamik kuzatuvini olib borib, keyin bir xulosaga kelsak boʻladi.

Aholi orasida toʻliq emlangan va bu kasallikdan himoyalanganlarni ham nazarda tutadigan boʻlsak, bugungi kunda kasallanmagan va emlanmaganlar orasida kasallik tarqalishi ehtimoli juda yuqori. Karantin qoidalariga rioya qilmaydigan, emlanmagan odamlar hisobiga raqamlar yana koʻtarilishi ham mumkin», deya javob berdi S.Ubaydullayeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?