Rasman! Tana harorati yuqori boʻlgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun test sinovlari 23-avgust kuni oʻtkaziladi

Tana harorati yuqori boʻlgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qoʻshimcha test sinovlari 2021-yil 23-avgust kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqda DTM maʼlum qildi.
Unda quyidagi toifadagi abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin boʻladi:
test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan va dalolatnoma rasmiylashtirilgan abituriyentlar (ularning soni 110 nafar);
16-avgustga qadar koronavirusga chalinganligi sababli qoʻshimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar (ularning soni 1200 nafardan ziyod, lekin hali ular bittalab tekshirib chiqiladi).
Qayta tashkil etilgan test sinovlarida ham tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan yoki koronavirusdan toʻliq sogʻaymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.
Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish vaqtida test topshirish hududi sifatida oʻzlari tanlagan hududda test sinovida ishtirok etadi.
Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani ertadan boshlab my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring