Rashid Talipov Oʻzbekiston milliy karate federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi

22:07 23 Sentyabr 2022 Sport
1256 0

Foto: Халқ сўзи

Sportni rivojlantirish vazirligida Oʻzbekiston karate WKF federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Bunga qadar Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati masʼul xodimi boʻlib ishlagan Rashid Azatovich Talipov nomzodi Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi raisi lavozimiga delegatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Shu paytgacha federatsiya rahbari sifatida faoliyat olib borgan Alamjon Mullayev, shuningdek, federatsiyaning turli rahbarlik organlarida mehnat qilib kelayotgan Baxtiyor Nigmatullayev, Anvar Muhamedov, Saparmurod Jiyemurotov, Ilhom Mamadaliyev, Burxon Rahmonov hamda Dilnoza Bakirova rais oʻrinbosarlari, bungacha federatsiya Ijrochi direktori lavozimida ishlagan Farruh Toshkenboyev federatsiya bosh kotibi etib saylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?