Raqqosalar bilan videosi tarqashi ortidan Sirdaryo tumani hokimligi masʼullari ishdan ketdi

15:32 14 Iyun 2021 Jamiyat
8062 0

Sirdaryo tumani hokimi oʻrinbosari Nurali Mirzayev va Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Nozim Muratovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Foto: Sirdaryo Xabarlari

Xabarga koʻra, Sirdaryo tumani hokimi qarori bilan Sirdaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Nurali Mirzayev Sheraliyevich 2021-yil 14-iyun kunidan oʻz arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etildi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Nozim Muratov ham 2021-yil 14-iyun kunidan oʻz arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etildi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Eslatib oʻtamiz, avval xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Sirdaryo tumani hokimligi masʼullari va davlat tashkilotlari rahbarlari aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy munosabati berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?