Ramzan Qodirov: “Biz Oʻzbekistonga chuqur hurmat bilan qaraymiz”

Chechenistonda 23-avgust kuni Muhammad paygʻambar masjidi ochilish marosimida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi Ramzan Qodirovga prezidentining qimmatbaho sovgʻasini topshirdi. Bu haqda Ramzan Qodirov VKontakte tarmogʻida xabar qildi.
“Uchrashuv davomida Rustam Qosimov menga juda qimmatbaho sovgʻa topshirdi – bu Toshkentdagi Muyi Muborak masjidida saqlanayotgan Qurʼonning eng qadimiy nusxasidir. Men mehmonga rahmat aytib, qardosh Oʻzbekiston gullab-yashnashini tiladim”, - deb yozgan Ramzan Qodirov.
“Bizning xalqlarimizni mustahkam doʻstlik rishtalari bogʻlab turadi. Biz oʻzaro munosabatlarimizni mustahkamlash va kengaytirish tarafdorimiz. Biz Oʻzbekistonga chuqur hurmat bilan qaraymiz”, - dedi Ramzan Qodirov Oʻzbekiston delegatsiyasiga.
Shuningdek, Ramzan Qodirov uning otasi, Checheniston birinchi prezidenti Ahmad Hoji Qodirov ham islom dini ilmini Oʻzbekistonda oʻrganganini esga oldi.
Eslatib oʻtamiz, 23-avgust kuni Chechenistonning Shali shahrida Yevropada eng yirik masjid – Muhammad paygʻambar masjidi ochilish marosimi boʻlib oʻtgan edi. Unda Oʻzbekiston bosh muftiysi Usmonxon Alimov hamda Prezident maslahatchisi Rustam Qosimovlar ham ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring