Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan chegirmalar eʼlon qilindi

10:13 14 May 2021 Iqtisodiyot
1288 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-6122-sonli Farmoni hamda 2021-yil 10-maydagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi PQ-5110-sonli qarori bilan 13-may kuni Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bayrami munosabati bilan mamlakatimizda 13-14-15-may kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan turizm sohasi vakillari tomonidan turli chegirmalar eʼlon qilindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

"13-14-15-mayda aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish, ichki turizm yoʻnalishida sayohatlarga jalb etish maqsadida, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tashabbusi bilan respublikadagi 237 ta mehmonxona va mehmon uyi xizmatlari uchun 3-40 % gacha hamda 141 ta umumiy ovqatlanish joyidagi xizmatlarga 5-43 % gacha foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.

Turizm maskanlariga kirish chiptalari uchun (ziyoratgoh, madaniy meros obyektlari, muzey va boshqa) 46 ta madaniy meros obyektlariga (44 tasida 30% gacha chegirma, 2 tasiga kirish bepul), 33 ta muzeylarga (19 tasida 30% gacha chegirma, 12 tasiga kirish bepul) kirish uchun imtiyozlar belgilangan.

Shu oʻrinda fuqarolarimizga sayohat davomida xavfsizlik va salomatligini asrash hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda aholi gavjum va jamoat joylarida, umumiy ovqatlanish obyektlarida (restoran, kafe, oshxona, choyxona), shuningdek, mehmonxonalar, mehmon uylari va turizm maskanlarida (muzeylar, ziyoratgohlar va savdo majmualari) ijtimoiy masofani saqlash zarurligini eslatib oʻtamiz" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?