Rahimjon Subxonov Olimpiada chempioniga qarshi “Katta dubulgʻa” finalida

18:49 08 Iyul 2022 Sport
1496 0

Vengriyaning Budapesht shahrida start olgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniridan xushxabar. Hamyurtimiz Rahimjon Subxonov ushbu nufuzli musobaqa finaliga yoʻl oldi.

-66 kg. vazn toifasida bahs olib borayotgan polvonimiz dastlab Ozarbayjon, soʻng Italiya vakillarini, chorak finalda Tokio-2020 Olimpiadasining kumush medal sohibi gruziyalik Vaja Margvelashvilini, yarim finalda esa bahraynlik Ramazon Kodjakovni magʻlubiyatga uchratdi. Endi u oltin medal uchun Tokio-2020 chempioni yaponiyalik Xifumi Abega qarshi tatamiga chiqadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?