Rahbarlar haftada ikki kunni fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini hal qilishga ajratadi — Prezident

18:51 23 Iyul 2021 Siyosat
488 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda murojaatlar bilan ishlash borasida toʻxtaldi.

«Birinchi galda, odamlarimizni murojaat qilishga eng koʻp majbur qilayotgan tizimli muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni mahallaning oʻzida bartaraf etish asosiy vazifa boʻlishi kerak.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari bir haftada ikki kunni fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini hal qilishga ajratadi.

Koʻpchilik viloyat hokimlarining qabul kuni har oyning toʻrtinchi shanbasi, yaʼni bir oyda bir marta qilib belgilangan. Ertadan boshlab, barcha viloyat, tuman va shahar hokimliklarida fuqarolarning kunlik qabuli yoʻlga qoʻyilishi shart.

Shuningdek, aholi toʻgʻridan-toʻgʻri tunu-kun murojaat qilishi uchun bir hafta muddatda har bir viloyat, tuman va shahar hokimlarining virtual qabulxonalari va ijtimoiy tarmoqlarda alohida sahifalari tashkil etilsin», dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?