“Quvasoysement” AJning 1170 nafar ishchi-xodimining buzilgan huquqlari tiklandi

17:40 04 Avgust 2022 Jamiyat
365 0

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Fargʻona viloyati Kengashi tomonidan fuqarolar haq-huquqlarini qonuniy himoya qilish, yoʻllanayotgan murojaatlarni ijobiy hal etib, fuqarolarni hayotdan rozi boʻlib yashashlariga koʻmaklashish yoʻlida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Federatsiyaning viloyat kengashiga “Quvasoysement” AJning ishchi xodimlari 2021-yil uchun ish haqi va jamoa shartnomasida belgilangan toʻlovlarni jamiyat tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmaganligi sababli ushbu toʻlovlarni undirib berishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan edi.

Mazkur murojaat qonun doirasida oʻrganilib, ushbu holat boʻyicha sudga murojaat qilindi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining 2022-yil 7-aprel kungi hal qiluv qarori bilan ishchi xodimlarning mehnat haqi shaklidagi toʻlovlarni undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilindi.

Hal qiluv qaroriga asosan jamiyatning 1170 nafar ishchi xodimlariga 2022-yil iyul oyida jami bir milliard olti yuzi yigirma uch ming yetti yuz ellik bir million besh yuz oltmish ikki ming soʻm mehnat haqi shaklidagi toʻlovlar “Quvasoysement” aksionerlik jamiyati tomonidan ishchi-xodimlarga toʻliq toʻlab berildi.

A. Turaxoʻjayev, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Fargʻona viloyat kengashi Bosh yuristkonsulti,

M. Usmonov, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Fargʻona viloyat kengashi Mehnat huquq inspektori.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?