Quvasoyda Xitoy investitsiyasi asosida logistika markazi tashkil etiladi

20:04 08 Avgust 2022 Jamiyat
305 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Mashinasozlik va muhandislik korporatsiyasining (CMEC) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari oʻrinbosari Chen Pen hamda korporatsiya maslahatchisi Chjao Dayuyni qabul qildi.

Uchrashuvda CMEC korporatsiyasi tomonidan Quvasoy shahrida 142 million dollarlik investitsiya hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik logistika markazi loyihasi istiqbollari muhokama qilindi.

Taʼkidlash joizki, 13,3 gektar maydonni egallaydigan logistika markazida meva-sabzavot saqlashga moʻljallangan muzlatkichli omborlar, qayta ishlash sexi, tarqatish, savdo boʻlimi hamda boshqa xizmat koʻrsatish majmualari barpo etiladi. Rejaga koʻra markazda logistika kompaniyalarining vakolatxonalari ham joylashtiriladi. Loyihani 2 yarim yilda toʻliq roʻyobga chiqarish moʻljallangan.

Yuzma-yuz muloqotda joriy yilning sentyabr oyiga qadar k CMEC korporatsiyasi prezidentining Fargʻona viloyatiga tashrifini amalga oshirish hamda ikki tomonlama manfaatli kelishuv imzolanishi belgilandi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?