Quvasoy shahrida toʻrt sektor rahbari faoliyati qoniqarsiz baholandi

Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi bilan tanishish maqsadida Quvasoy shahrida boʻldi.
Oʻrganishlar davomida sektorlar rahbarlari faoliyati qoniqarsiz ekani, rahbarlarda masʼuliyat va tashabbuskorlik yetishmayotgani aytib oʻtildi. Xususan, ushbu shaharda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, investitsiya jalb qilish, yangi ish oʻrinlari yaratish, kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan.
“Pakana” MFY hududida barpo etilayotgan 11 ta koʻp qavatli uy-joy qurilishi boshlanganiga bir yil toʻlgan boʻlsa-da, birorta uy toʻliq foydalanishga topshirilmagan. “Soyboʻyi”, “Pakana”, “Valik” MFY hududlarida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalaridagi ishlar ham qoniqarli emas. Birgina ikkinchi sektor hududida joylashgan “Pakana” MFYdagi kichik sanoat zonasida ishga tushirish rejalashtirilgan 15 ta loyihaning atigi 3 tasi amalga oshirilayotgani, qolgan loyihalar boʻyicha ishlar sust ketayotgani viloyat rahbari tomonidan tanqid qilindi.
Oʻrganish davomida 22 ming gektardan ziyod qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish ham samarasiz ekanligi maʼlum boʻldi. Viloyat hokimi shahardagi ekin yerlarini chuqur monitoring qilish, kamchiliklarni oʻrganish va tahlil etish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini tizimli joylashtirish boʻyicha tezkor ishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring