Quvalik oila mahalla koʻchasini asfalt qilib berdi

10:59 05 Avgust 2022 Jamiyat
285 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati Quva tumanida joylashgan “Xonobod” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi omilkorligi, ayniqsa, koʻchatchilik, tomorqadan unumli foydalanish borasidagi katta tajribasi bilan tilga tushgan. Bu yerda har bir oilaning oʻz biznesi va shunga monand ravishda doimiy daromad manbai bor. Qolaversa, bu mahalla ahli hududdagi yangilanish va oʻzgarishlar jarayonida faolligi, tashabbuskorligi bilan ibratga loyiq.

Mahallaning Vodiy koʻchasida istiqomat qiluvchi Umarali Normatov turmush oʻrtogʻi Rohatoy aya bilan Haj ziyoratiga atab yiqqan mablagʻi hisobidan mahalladagi koʻchani asfaltlashtirdi.

— Yoʻl qurmoq, koʻprik solmoq va suv keltirmoq koʻp savob ish, —  deydi Umarali Normatov. — Biz ham shunday savob ishlardan biriga bosh qoʻshishni odamiylik burchimiz deb bildik. Mahalladoshlarimizning yoʻlini ravon qilib, duosini olish imkoniga ega boʻlganimizdan oʻzimiz behad mamnunmiz.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?