Quvada talabaning oʻqishni koʻchirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

13:23 19 Avgust 2021 Jamiyat
226 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quva tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.M. boshqa bir fuqaro M.ning farzandining oʻqishini tanishlari orqali Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh davlat universitetidan Fargʻona davlat universitetining ingliz tili fakultetiga koʻchirib berish evaziga 700 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?