Quva tumanida zamonaviy agrologistika markazi tashkil etildi

13:07 13 Sentyabr 2022 Jamiyat
328 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyatining Quva tumanida joylashgan Turk MFY hududida “Yingtai agricultural food technology” MCHJ tomonidan meva-sabzavotlarni saqlash, saralash, quritishga moʻljallangan agrologistika markazi barpo etildi.

Shuningdek, loyiha doirasida xitoylik tadbirkorlarning 4,5 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyasi hisobiga bir yildan ortiqroq vaqt davomida 16,4 gektar maydonda intensiv gilos bogʻi tashkil etildi. Oʻz navbatida 1,5 ming tonnalik muzlatkichli ombor, yillik 5 ming tonna meva va sabzavotni saralash va quritish tarmogʻi foydalanishga topshirildi.

Belgilangan rejaga koʻra, korxona mahsulotlari 100 foiz Xitoyga eksport qilinadi.

— Mahalla hududida mevali bogʻlar koʻp va ushbu hududda bogʻdorchilik, sabzavotchilik yaxshi rivojlangan, — deydi fermer Tursunali Teshaboyev. — Yangi korxona faoliyat boshlagani intensiv usulda sifatli mahsulot yetishtirish va daromad salmogʻini yaxshilash imkonini beradi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?