Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasiga imtihon 18-avgustda oʻtkaziladi

11:50 16 Avgust 2021 Jamiyat
1030 0

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari 2021-yil 18-avgust kuni 2-smenada boʻlib oʻtadi va 19:00 da boshlanadi.

Test sinovlari respublika boʻyicha quyidagi ochiq maydonlarda oʻtkaziladi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;
  • Andijon viloyati – Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);
  • Namangan viloyati – 17-bolalar-oʻsmirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;
  • Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;
  • Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);
  • Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;
  • Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashgʻulotlar maydoni (2-sektor);
  • Navoiy viloyati – “Kimyogar” oʻyingohi;
  • Samarqand viloyati – Lokomotiv markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni (1-sektor).

Talabgorlardan test sinovi oʻtkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari soʻraladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma Harbiy tibbiyot akademiyasi tomonidan tarqatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?