Qurilishda texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi

13:15 03 Oktyabr 2022 Jamiyat
344 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qurilish sohasida standartlashtirish respublika markazi bosh direktori Abulqosim Abduxoliqov maʼlum qildi.

Mazkur institut qurilish va shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqotlar asosida texnik jihatidan tartibga solish, meʼyorlash va standartlashtirish ishlarini olib boradi.

Milliy klassifikator va elektron katalogni yuritish, bino va inshootlarni axborot modellashtirish, yaʼni BIM-texnologiyalarini joriy etish kabi vazifalar ham shular jumlasidan.

Shuningdek, qurilish sohasida narxlarni shakllantirish va uning mexanizmlarini aniqlash masalalari boʻyicha mazkur institut vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?