Qurbon hayitining birinchi kuni 31-iyulga toʻgʻri kelishi maʼlum qilindi

09:29 21 Iyul 2020 Jamiyat
603 0

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati Zulhijja oyi qachondan boshlanishi haqida maʼlumot berdi.

Misr Arab Respublikasidagi “Dorul Ifto” fatvo hayʼati tomonidan hijriy 1441-yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisob boʻyicha 2020-yil 22-iyul kuniga toʻgʻri kelayotgani eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga koʻra, shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotganlar cheklangan adaddagi mahalliy ziyoratchilar 2020-yil 30-iyul, arafa kuni Arafot togʻida jam boʻladilar.

“2020-yil 31-iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni boʻlib, Islom olamidagi eng ulugʻ bayram Iydul-Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni boʻladi, insha Alloh”, - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?