Shavkat Mirziyoyevga Qurbon hayiti munosabati bilan qutlovlar keldi

20:36 20 Iyul 2021 Siyosat
1014 0

Muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Tabriknomalarda davlatimiz rahbari va Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat va farovonlik hamda taraqqiyot va ravnaq yoʻlida muvaffaqiyat tilaklari izhor etilgan.

Quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan

Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev

Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos

Filippin Respublikasi Prezidenti Rodrigo Duterte

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vaziri shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Turkiy kengash bosh kotibi Bagʻdod Amreyev

Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al Usaymin

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?