Quyichirchiq tumanida yangi MTTning tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi

15:40 07 Noyabr 2020 Jamiyat
273 0

2020-yil 6-noyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan OAV vakillari uchun tashkil etilgan press-tur doirasida Toshkent viloyatida bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi va Oʻzbekiston pedagogik kollejlarida dual taʼlimning joriy etilishini namoyish etdi.

Press turda Quyichirchiq tumanida yangi MTTning tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi.

Quyichirchiq tumanida joylashgan 24-sonli davlat MTТ vazirliklararo hamkorlik doirasida Davlat bojxona qoʻmitasi koʻmagida qurildi.

“24-sonli MTT tumanining chekka hududida qurilgan boʻlib, bu yerda boshqa MTTlar mavjud emas. Avvallari bu yerda atrofi boʻsh joydan iborat jarliq boʻlgan. Yerning noqulay relyefi va tuproqdagi yuqori namlik bu yerda dexqonchilik ishlarini olib borishga toʻsqinliq qilar edi. Yerosti suvlar xaydalib, yer satxi tekislangach qurilishi tashkiloti bu yerda quvvati 160ta joyga ega MTTni qurib berdi. Bu degani, yana qisqa muddatli guruhlarni hisobga olsak, jami 190 nafar bolakay sifatli maktabgacha taʼlimga erisha oladilar. Ushbu inshootda qoʻllanilgan yangilik haqida toʻxtalmoqchi edim. U ham boʻlsa, ochiq oʻyingohlar uzra oʻrnatilgan matoli soyabonlardir. Bu bolalarimizni kuyoshdan himoya qiluvchi oddiy va samarali usuldir. Ehtimol, MTV ushbu amaliy yechimni boshqa qurilishlarda ham qoʻllaydi”, deya maʼlumot berdi Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Qaxramon Olimov.

Har bir guruhda televizor va konditsioner oʻrnatilgan boʻlib, bepul maktabga tayyorlov guruhlari esa kompyuterlar bilan jihozlangan. Uch qavatli transformer krovatlar osonlik bilan yigʻiladi va oʻynash uchun keng hudud paydo boʻladi. Ichimlik suvini tejash maqsadida MTT yerlari artezian quduqlardan olingan suv bilan sugʻoriladi va namlanadi. MTTning hamma hududi boʻylab kuzatuv videokameralari oʻrnatilgan.

Ayni damda 24-sonli MTTda majburiy maktabgacha tayyorlov guruhlari faoliyat yuritmoqda, yaqin kunlarda toʻliq kunlik guruhlar ham ish boshlaydi.

Maʼlumot uchun, Toshkent viloyatida 789ta MTT boʻlib, ulardan 481tasi davlat, 26tasi tashkilotlarga qarashli, 112tasi xususiy, 52tasi oilaviy va 18tasi DXSH asosidagi MTTlardir. 2020-yil 3 kvartaliga kelib Toshkent viloyatidagi bolalarning 49,5%i maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan (2017-yilda bu koʻrsatkich 27,2% edi). Joriy yilning oxirigacha MTV bu koʻrsatkichni 57,4%gacha yetkazishni maqsad qilib qoʻygan. Ohirgi 3 yil davomida viloyatdagi MTTlar soni 1,8 barobar ortgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?