Quyichirchiq tumanida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

10:56 08 Sentyabr 2021 Jamiyat
351 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quyichirchiq tuman boʻlimi tomonidan DBQning Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.O. dori vositalarini qimmat narxlarda muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, xorijda ishlab chiqarilgan 2 000 dona “Merogen (meropenem for injection)” va 1 798 dona “Moksifloksatsin 0,4” nomli dori vositalarini xaridorga jami 10 000 AQSH dollariga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?