Quyi boʻgʻin davlat xizmatchilari malakasi oshirilmoqda

Foto: Xalq so‘zi
Joriy yilning yanvar oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan barcha hududlarda quyi boʻgʻin davlat xizmatchilari uchun sohaviy qisqa muddatli malaka oshirish kurslari oʻtkazilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur oʻquv kurslariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 1 ming 300 nafardan ziyod shahar va tumanlar hokimliklari mutaxassislari jalb etilgan.
— Asosiy maqsad tinglovchilarning oʻz sohasida samarali faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan siyosiy-huquqiy, kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda keng jamoatchilik va aholi bilan muloqot qilish salohiyatini mustahkamlashdan iborat, — deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax filiali rahbari Erkin Xalbutayev. — Mazkur kurslardagi mavzular bevosita quyi boʻgʻin davlat xizmatchilarining takliflari va kundalik mehnat faoliyati mezonlari asosida shakllantirilgan boʻlib, mashgʻulotlar tajribali amaliyotchi mutaxassislar hamda professor-oʻqituvchilar tomonidan olib borilmoqda.
Jizzax viloyatida ham 23-yanvardan boshlab 11-fevralga qadar oltita yoʻnalish boʻyicha oʻquv kurslarida 176 nafar shahar va tuman hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariga biriktirilgan bosh mutaxassislar oʻz malakalarini oshirib, sinov jarayonlaridan oʻtishadi hamda belgilangan namunadagi sertifikatlarga ega boʻlishadi.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring