“Qozon — 2021”: oʻzbekistonlik belbogʻli kurashchilar hisobida hozircha 6 ta medal bor
Xabaringiz bor, shu yil 4-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida ilk marotaba oʻtkazilayotgan MDH davlatlari oʻyinlariga start berildi.
Mazkur oʻyinlar dasturidan belbogʻli kurash sport turi ham oʻrin olgan. Nufuzli musobaqada belbogʻli kurash boʻyicha 14 nafar kurashchimiz ishtirok etishmoqda.
Quvonarlisi, 5-sentyabr kuni oʻtkazilgan bellashuvlarda terma jamoa aʼzolaridan Farangiz Abdunabiyeva (-52 kg, oltin medal), Maftunabonu Mahmudova (-66 kg, oltin medal), Moxigul Ibragimova (-48 kg, kumush medal), Biybigauxar Polatbayeva (-58 kg, kumush medal), Zemfira Azatova (-76 kg, kumush medal), Munisaxon Nosirova (+76 kg, bronza medali)lar 2 ta oltin, uchta kumush va bitta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 4-oʻrinni egallashdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Belbogʻli kurash boʻyicha umumjamoa hisobida hozircha Rossiya terma jamoasi 1-oʻrinni egallab turgan boʻlsa, Ozarbayjon ikkinchi, Belarus esa 3-oʻrinni band etib turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring