Qozon-2021: I MDH oʻyinlarida bokschi yigitlarimiz 9 ta medalni qoʻlga kiritishdi

10:42 06 Sentyabr 2021 Sport
522 0

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida davom etayotgan I MDH oʻyinlarida boks boʻyicha final bahslari nihoyasiga yetdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Bekzod Xidirov boshchiligidagi bokschilarimiz ilk marotaba tashkil etilgan MDH oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga jami 9 ta medal – 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻshib qoʻyishdi.

Birinchi MDH oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan bokschi yigitlarimiz bilan tanishing:

Oltin:

-48 kg: Javohir Qoʻysinov

-50 kg: Sayat Ilyasov

-54 kg: Farrux Toʻlaganov

-63 kg: Bunyodjon Amirov

Kumush:

+80 kg: Ravshanjon Soliyev

-46 kg: Ilhomjon Ergashev

-57 kg: Qahramon Fozilov

Bronza:

-60 kg: Umidillo Abdurasulov

-66 kg: Jafarbek Shaxbozov

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?