Qozogʻistonlik doktorantlar uchun Toshkentda stajirovka tashkil etildi

Yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish borasidagi kelishuvga muvofiq Qozogʻistonning Karaganda davlat texnika universiteti doktorantlari Toshkent davlat transport universiteti ilmiy laboratoriyalarida tadqiqot ishlarini oʻtkazishdi.
Stajirovka ilmiy tadqiqot shaklida tashkil etilib, qoʻshni davlat yosh olimlari Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktorantlar va oʻqituvchilari bilan ilmiy izlanishlar olib bordi. Yosh mutaxassislarining bu galgi ilmiy muloqotlari xalqaro transport xizmatlarining sifatliligi va ommabopligini taʼminlash, sohani boshqarishning zamonaviy texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishga qaratildi. Yosh olimlarning loyihalarning natijalarini tijoratlashtirish darajasi tahlil qilindi. Hamkorlikdagi ilmiy izlanish natijalari boʻyicha davriy jurnallarga ilmiy maqolalar joʻnatildi.
Qozogʻistonlik doktorantlarga samarali ilmiy hamkorlik uchun malaka sertifikatlari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring