Qozogʻistondagi biznes-forumda «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi korxonalari 150 mln. dollarlik shartnoma imzoladi

08:26 05 Dekabr 2021 Iqtisodiyot
368 0

Qozogʻistonning Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston — Qozogʻiston Ishbilarmonlar kengashining 4-yigʻilishi va Oʻzbekiston — Qozogʻiston biznes forumi doirasida «Oʻzeltexsanoat» uyushmasiga aʼzo “PROKAB” korxonasi kabel-sim mahsulotlari yoʻnalishida 50 mln. dollarlik hamda maishiy texnikalar eksporti boʻyicha “TECHNO EXPORT” korxonasi Qozogʻistonning 2 ta kompaniyasi bilan 100 mln. dollarlik shartnomalar imzolashga erishdi.

Taʼkidlash joizki, 2022 — 2026-yillar davomida bu koʻrsatkichni 250 mln. dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?