Qozogʻistonda navbatdan tashqari prezident saylovi oʻtkazilishi eʼlon qilindi

21:10 21 Sentyabr 2022 Dunyo
575 0

Foto: Arxiv surat

Qozogʻiston Respublikasi prezidentining tegishli farmoniga koʻra 2022-yilning 20-noyabr kuni navbatdan tashqari Qozogʻiston Respublikasi prezidentligi saylovi boʻlib oʻtishi belgilandi.

Qozogʻistonda konstitutsion islohotlar eʼlon qilingach saylov tizimida bir qancha oʻzgarishlar yuz berdi. Jumladan, prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga oʻzgartirildi. Viloyat hokimlarini saylash tartibi joriy etildi. Siyosiy partiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi soddalashtirildi.

Saylov tizimi mojaritar tizimdan aralash saylov tizimiga oʻtkazildi. Nomzodlarni koʻrsatish va deputatlik mandatlarini taqsimlashda ayollar va yoshlar uchun alohida 30 foizlik kvota joriy etildi.

Prezident Qosim Jomart Toqayev Qozogʻiston xalqiga murojaatnoma yoʻlladi va tez orada saylovoldi dasturini eʼlon qilishini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?