Qozogʻiston Oʻzbekiston sabzavotlarida ToBRFV virusi bor yoki yoʻqligini tekshiradi

Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekistondan keltirilayotgan sabzavotlarni ularda jigarrang burishiqli virus (ToBRFV) bor yoki yoʻqligini tekshiradi. Bu haqda vazirlikka tayanib Sputnik manbasi xabar berdi.
Vazirlik matbuot xizmati 26-noyabr kuni Rossiya Fargʻonada yetishtirilgan pomidor va qalampirda ToBRFV aniqlanganligi sababli ushbu mahsulotlarni vaqtinchalik taqiqlaganini qayd etgan.
“Respublika issiqxona xoʻjaligi uchun boʻlgan ehtimoliy tahdid va xatarlar haqidagi hozirgi vaziyatni tahlil qilmoqdamiz. Tahlil yakunlariga koʻra tegishli qaror qabul qilinadi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyaga Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish taqiqlangani xabar qilingan edi. Chunki ularda jigarrang burishiqli virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV) aniqlan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hozirgi vaqtda Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi va Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bilan birgalikda Rosselxoznadzor bilan mazkur masala boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazilayotganini maʼlum qilgan. Shuningdek, shu kabi viruslar paydo boʻlishining oldini olish boʻyicha tezkor ravishda chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring